Jamiyat

Nukus shahrida “Yosh olimlar akademiyasi” hamda Yoshlar texnoparki tashkil etiladi

Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi huzurida oʻsimliklar urugʻlari genbanki bilan ta’minlangan laboratoriya, biznes-akselerator oʻquv markazi ochiladi.

Nukus shahrida “Yosh olimlar akademiyasi” hamda Yoshlar texnoparki tashkil etiladi

 

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish toʻgʻrisida"gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari toʻgʻrisidagi Prezident qarori (PQ-5202-son, 29.07.2021-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Nukus shahrida “Yosh olimlar akademiyasi” hamda yosh olimlar, startap loyihalar egalari, tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Yoshlar texnoparki tashkil etiladi.

Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi huzurida oʻsimliklar urugʻlari genbanki bilan ta’minlangan laboratoriya, biznes-akselerator oʻquv markazi ochiladi.
Yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan oʻsimlik va hayvonot dunyosi ob’yektlari elektron xaritalanib, ma’lumotlar bazasi yaratiladi.

Shaxslarning yuzi boʻyicha aniqlash texnologiyasi joriy etiladi.

Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib avtonom ichimlik shoʻr suvni tuzsizlantirish texnologiyasi ishlab chiqiladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2,5 ming gektar maydonda paxta, gʻalla, kunjut, makkajoʻxori va chorva ozuqasi ekinlarini sugʻorishda yomgʻirlatib sugʻorish tizimi joriy etiladi.

 

Nukus shahrida “Yosh olimlar akademiyasi” hamda Yoshlar texnoparki tashkil etiladi | Zamon.uz