O'zbekiston

1-avgustdan bo‘ladigan o‘zgarishlar qanday?

Prezident Farmoniga asosan elektron hukumatni rivojlantirish doirasida jismoniy va yuridik shaxslarga barcha belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar, jarimalar va boshqa majburiy to‘lovlarni elektron to‘lov tizimlaridan foydalangan holda onlayn rejimda to‘lash imkoniyati taqdim etiladi.

1-avgustdan bo‘ladigan o‘zgarishlar qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 apreldagi 258-son qaroriga ko‘ra:

a) xizmat avtotransport vositalari:

respublika davlat boshqaruvi organlarida, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarida rahbarlar hamda ularning o‘rinbosarlariga;

respublika davlat boshqaruvi organlari tizimidagi tashkilotlarda hamda ularning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘linmalarida birinchi rahbarlarga shaxsan biriktiriladi;

b) respublika davlat boshqaruvi organlarida xizmat maqsadlarida davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq autsorsing shartlari asosida avtobus, taksi va boshqa avtotransport vositalari xizmatlaridan foydalanish tizimi joriy etiladi.

Bunda:

autsorsing shartlari asosida avtotransport vositalarini jalb etish tashkilotning har 100 nafar boshqaruv va ishlab chiqarish xodimiga 1 ta avtotransport vositasi hisobida navbatchi xizmat avtotransport vositasi uchun belgilangan yo‘l bosish yillik limitidan oshmasligi lozim;

autsorsing shartlari asosida jalb qilingan avtotransport vositalari xizmatlaridan respublika davlat boshqaruvi organlarida foydalanish ushbu organ rahbari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Yangi tipdagi davlat raqami belgilari bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazilmagan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli xizmat avtotransport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 maydagi 271-son qaroriga ko‘ra, o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish, shuningdek, haydovchilikka nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun barcha tegishli hujjatlarni YAIDXP orqali ham taqdim etish imkoniyati yaratiladi.

custom img

Maktablarda o‘quvchilarning sumkalari tekshirilmoqda: elektron sigaretalar topildi

O‘zbekistonda elektron sigaretalar taqiqlangan bo'lib, ularni saqlaganlik uchun qonunchilikda jarima belgilangan

custom img

“Kulliyoti Navoiy” O‘zbekistonda: nodir merosning faksimile nashri Islom sivilizatsiyasi markaziga taqdim etildi

Kulliyot tarkibida Alisher Navoiyning 26 ta asari jamlangan bo‘lib, uning asl nusxasi Istanbul shahridagi Topqopi saroyi kutubxonasida saqlanadi.

custom img

Ustoz qadrini eslatgan “Dars”: kinoteatrlarda qo‘ng‘iroq chalindi, endi navbat tomoshabinlarga!

Film markazida ustoz va tarbiyaning inson hayotidagi o‘rni turadi.

custom img

Turizm, aviatsiya va investitsiyalar: O‘zbekiston Turkiya bilan hamkorlikni kengaytiradi

Turkiya investorlari ishtirokida mehmonxona majmualarini barpo etish, turk mehmonxona brendlarini jalb qilish va aviaqatnovlar geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Ish joyidagi baxtsiz hodisalar: qaysi holatlar tekshiriladi?

Mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar haqida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish tartibi tasdiqlandi.

custom img

Elektr ta’minotidagi uzilishlar vaqtida bartaraf etilmasa, kompensatsiya to‘lanadi

Tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan hududlarni elektrlashtirish choralari jadallashtiriladi.

custom img

600 mln so‘mlik kredit evaziga 12 ming dollar: prokuror yordamchisi ushlandi

Mansabdor shaxs fuqaroning avtomobil oldi-sotdisi masalasini hal qilish va imtiyozli kredit olishiga ko‘maklashish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Balandlikdan yiqilish va qoqshol: Polshada vafot etgan ikki o‘zbekistonlikning jasadlari Vatanga qaytarildi

Ularni Vatanga qaytarish xarajatlari Migratsiya jamg‘armasi tomonidan qoplandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"