Jamiyat

Zominda o‘rmon yong‘ini boshlandi

“Zomin” sanatoriysi yaqinida o‘rmon yong‘ini boshlandi.

Zominda o‘rmon yong‘ini boshlandi

 

Bugun, 1 avgust kuni Jizzax viloyati Zomin tumani “Duoba” QFY O‘riklisoy qishlog‘i hududidagi dala maydonida yong‘in sodir bo‘ldi. Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga soat 10:40 larda yong‘in haqida xabar tushgan.

Hozirda yong‘in joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi hamda 24 nafar shaxsiy tarkib chiqib ketgan.

Maʼlum qilinishicha, dastlabki bo‘linmalar yong‘in joyiga yetib borgan va yong‘inni o‘rab olish ishlari boshlangan. Hodisa tafsilotlari to‘g‘risida qo‘shimcha maʼlumot beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan yong‘in tog‘ yonbag‘rida boshlangani ko‘rinadi. 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"