BMTning din va eʼtiqod erkinligi bo‘yicha maxsus maʼruzachisi O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining din va eʼtiqod erkinligi bo‘yicha maxsus maʼruzachisi Ahmad Shahid sentyabr oyida hamkorlik dasturini yo‘lga qo‘yish uchun O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Dastur doirasida davlat organlari, fuqarolik jamiyati va diniy tashkilotlar vakillari uchun qator seminarlar va treninglar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi Javlon Vahobov Birlashgan Millatlar Tashkilotining din va eʼtiqod erkinligi bo‘yicha maxsus maʼruzachisi Ahmad Shahid bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar berdi“Dunyo” AA.
Maxsus maʼruzachi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi yangi qonunning qabul qilinishini mamnuniyat bilan qabul qildi va bu orqali diniy erkinlikni taʼminlash uchun «qonunchilik tizimiga ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar kiritilganini» taʼkidladi.
Suhbatda ushbu aktning qabul qilinishi barcha dinlar va eʼtiqodlar uchun inklyuziv makonni saqlashga imkon beradigan, samarali huquqni qo‘llashni taʼminlashga qaratilgan o‘zaro taʼsirning yangi bosqichining boshlanishi ekanligi qayd etildi.
Ahmad Shahid O‘zbekiston hukumati bilan o‘rnatilgan konstruktiv muloqotni davom ettirishga va Nyu-York shahar universitetining Ralf Banch nomidagi xalqaro tadqiqotlar Instituti (CUNY-RBI) va Esseks huquq maktabi (Essex-HRC) ko‘magida texnik yordam bo‘yicha dasturni yo‘lga qo‘yish uchun sentyabr oyining boshida O‘zbekistonga tashrif buyurishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.
Dasturda tegishli davlat organlari, fuqarolik jamiyati va diniy tashkilotlar vakillari uchun qator seminarlar va treninglar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, dastur BMTning inson huquqlari ko‘rsatkichlariga asoslangan monitoring va baholashning milliy tizimini ishlab chiqish bo‘yicha konsultativ tavsiyalar beriladi.
BMTning maxsus maʼruzachisi «Deklaratsiyalar muloqoti» xalqaro forumini o‘tkazish rejalarini maʼqulladi va konferensiya yakunlari bo‘yicha «Buxoro deklaratsiyasi» ni qabul qilishning alohida ahamiyatini taʼkidladi. Uning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston tarixan diniy va konfessional xilma — xil merosiga ega bo‘lgan Islom markazi hisoblanadi.
Ahmad Shahid Buxoro deklaratsiyasi loyihasini ishlab chiqishda zarur konsultativ yordam ko‘rsatishga, shuningdek dekabr oyida O‘zbekistonga ushbu xalqaro konferensiya ishida ishtirok etish uchun tayyorligini tasdiqladi.







