Jamiyat

Andijonda ZIL yuk mashinasini tormozi ishlamay qolib YTHga uchradi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Andijon, Xakanda ZIL yuk mashinasini tormozi ishlamay qolib jiddiy avariyaga uchragani haqida xabar tarqaldi.

Andijonda ZIL yuk mashinasini tormozi ishlamay qolib YTHga uchradi

 

 

Zamon.uz mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati Andijon tuman yo‘l harakati xavfsizligi guruhi  katta inspektori Raʼfiq Mo‘minov  bilan bog‘landi.   

 

Maʼlum bo‘lishicha, voqea ertalab soat 06-30 larda sodir bo‘lgan. Zil yuk mashinasi hamda Lacetti avtomashinasi o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lgan. Bunga Zil yuk mashinasining tormozi ishlamay qolgani sabab bo‘lgan. Oqibatda yuk mashinasi oldinda ketayotgan Lacetti avtomashinasining orqa qismini urib o‘tib  xonadonlarning biriga borib urilgan. Devor qulagan, yuk mashina texnik shikastlangan. YTH oqibatida tan jarohat olgan fuqarolar shifoxonaga yotqizilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"