“Sohibqiron Amir Temur” tarixiy seriali suratga olinadi
O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikda Amir Temur haqida serial suratga oladi. Bu haqda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi xabar berdi.


Kecha 9 - avgust kuni Kinematografiya agentligida Turkiya Respublikasining “Altınkesit” kinokompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda agentlik rahbariyati, "Altınkesit” kinokompaniyasi direktori Mustafo Gunesh, ssenarist, rejissyor Ismail Gunesh, bosh maslahatchi Zebiniso Kamalova, kinokompaniya menedjeri Mehmet Bulbul, kinokompaniya hamkori Mustafo Pekchaylar ishtirok etishdi.
O‘zbek va turk kinoijodkorlari ishtirokidagi uchrashuvda yangi — “Sohibqiron Amir Temur” tarixiy seriali haqida so‘z bordi.

Endilikda suratga olinishi kutilayotgan “Sohibqiron Amir Temur” serialining ilk loyihasi taqdim etildi. Shuningdek, uchrashuv davomida ikkala tomonning ham yangi kinoloyiha bo‘yicha fikrlari tinglanib, takliflar berildi.







