Jamiyat

Namanganlik olimlar saraton xastaligiga shifo bo‘luvchi o‘simlik navini yaratishga muvaffaq bo‘ldi

«Gojji» o‘simligi «Ituzumdoshlar» oilasiga kiruvchi mazkur nav O‘zbekistonda ilk bor namanganlik olimlar tomonidan mahalliylashtirildi.

Namanganlik olimlar saraton xastaligiga shifo bo‘luvchi o‘simlik navini yaratishga muvaffaq bo‘ldi

Sal kam 2 ming yillik tarixga ega «Gojji» o‘simligi dastlab Xitoyda o‘ta noyob dorivor giyoh sifatida tarqalgan. Namangan muhandislik-texnologiya institutining bir guruh tadqiqotchilari Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Avazbek Merganov boshchiligida ushbu loyihaga qo‘l urgandi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan grant loyiha sifatida 760 million so‘m mablag‘ bilan moliyalashtirilgan. Loyiha muallifining ta’kidlashicha ushbu dorivor o‘simlik uzoq yillik hisoblanadi. Mevasining tarkibida inson salomatligi uchun foydali bo‘lgan bir qator moddalar borligi yanada ahamiyatlidir.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"