0

Аndijonda voyaga yetmagan bola boshqaruvidagi avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda haydovchining 13 yoshli ukasi vafot etdi

Аndijon viloyatining Аndijon tumanida 16 yoshli fuqaro boshqaruvidagi avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda avtomashina yo‘lovchisi, haydovchining 13 yoshli ukasi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etdi.

Аndijonda voyaga yetmagan bola boshqaruvidagi avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda haydovchining 13 yoshli ukasi vafot etdi

 

 

 Qayd etilishicha, tumanning “Oqrovot” mahallasi hududidan o‘tgan 4R-135 Аndijon—Oyim avtomobil yo‘lining 101-kilometrida “Beshbo‘ynoq” mahallasida yashovchi, 2005-yilda tug‘ilgan fuqaro А.O. Matiz avtomobilini boshqarib ketayotganda avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi devorga urilgan va yo‘l qirg‘og‘idagi pastlikka tushib, ag‘darilgan.

 

 

Oqibatda haydovchining 2007-yilda tug‘ilgan ukasi А.N. Аndijon tuman shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga bosh sohasida yopiq shikasti va orqa chap tos suyagi yopiq sinishi tashxisi bilan yotqizilgan. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

 

 

Voqea joyi o‘rganilganda haydovchi avtomobilni hushyor holda, lekin boshqaruv malakasiga ega bo‘lmasdan, boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarsiz boshqargani aniqlangan. Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

 

YTH sababi va oqibati viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Saidolim Zingirov boshchiligida jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilingan va tegishli vazifalar belgilab olingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Аndijonda voyaga yetmagan bola boshqaruvidagi avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda haydovchining 13 yoshli ukasi vafot etdi