Jahon

Afgʻonistonning “mojaro uchun maydon” boʻlib qolishiga yoʻl qoʻyilmaydi

Tolibon oʻzining ilk matbuot anjumanini oʻtkazdi.

Afgʻonistonning “mojaro uchun maydon” boʻlib qolishiga yoʻl qoʻyilmaydi

Unda Tolibon rahbarligida mamlakatga tinchlik, barqarorlik va iqtisodiy oʻsish boʻlishi aytildi.  

 

Harakatning faoliyati va muhim jihatlari eʼlon qilindi. Unga koʻra: 

🔹Mamlakatning barcha chegarasi Tolibon nazoratida;

🔹Mamlakatda Ggyohvand moddalar ishlab chiqarilmaydi;

🔹 Tolibonlar hisob qilishni istashmaydi va  harakatga qarshi boʻlgan barchani avf etish boʻyicha dalolatnoma tuzishdi;

🔹Afgʻonistondagi diplomatik missiyalar va xalqaro tashkilotlarga qarashli hududlar muhofaza qilinadi;

🔹Barcha Afgʻonlarning diniy eʼtiqodlari va maʼnaviy qadriyatlari hurmat qilinadi;

🔹Hatto AQSH bilan hamkorlik qilgan fuqarolarning ham xavfsizligi taʼminlanadi. Ular mamlakatda qolishlari mumkin;

🔹Ayollarning jamiyatdagi oʻrnini qadrlashadi va ishonishadiki ular mamlakat qurilishida yaqin koʻmakchiga aylanishadi;

🔹Jamiyatning barcha qatlami yangi hukumatga kiritiladi

 

Harakat matbuot kotibi Zabixulloh Mujohidning bildirishicha, Tolibon dunyo sahnasida hech kim bilan dushmanlik aloqalarini istamaydi. 

 

Shuningdek, Afgʻonistonning  “mojaro uchun maydon” boʻlib qolishiga yoʻl qoʻymaydi.

 

”20 yillik kurashdan soʻng chet elliklarni quvib chiqardik“ va bu ”butun millat uchun faxrlanish onidir“, - deb taʼkidladi Mujohid. Unga koʻra, ”Tolibon“ harakati oʻtgan huquqbuzarliklar uchun hech kimdan ”oʻch soʻramaydi“, u ”hammani kechirdi“.

 

Avvalgi tuzum ostidagi sobiq harbiy xizmatchilar, tarjimonlar va davlat tuzilmalarining boshqa xodimlariga ishora qilib:” hech kim sizga zarar bermaydi, hech kim eshiklaringni taqillatmaydi",- deya maʼlum qilgan. Mujohid mamlakatda ayollar huquqlari himoya qilinishiga, ularga faol hayot tarzi kechirishga ruxsat berilishiga, ammo shariat qonunlariga rioya qilinishiga ishontirdi. 

 

Maʼlumot oʻrnida  avgust kuni Afgʻoniston Tolibon qoʻliga oʻtdi. Davlat rahbari Ashraf Gʻani isteʼfoga chiqdi.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"