0

Jizzaxda yuk mashinasi yonib ketdi

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida Volvo yuk mashinasi yonib ketdi.

Jizzaxda  yuk mashinasi yonib ketdi

Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu tuman hududidan o‘tuvchi Toshkent—Termiz M-39 avtomagistral yo‘lining 989-kilometrida harakatlanib ketayotgan Volvo yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘in joyiga Jizzax viloyati FVBning yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yetib kelgan va yong‘in soat 23:05 da bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida yuk avtomobili va unga ortilgan qurilish materiallari yonib zararlangan. Jabrlanganlar yo‘q.

Aniqlanishicha, yong‘in yuk avtomobili shinasi yorilishi oqibatida yuzaga kelgan. Ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Jizzaxda yuk mashinasi yonib ketdi