Jamiyat

Vodildagi “Chinor tagi” istirohat bog‘i to‘liq rekonstruksiya qilinadi

Farg‘ona tumani Vodil hududida joylashgan “Chinor tagi” istirohat bog‘ini ko‘zdan kechirgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, bog‘ni to‘liq rekonstruksiya qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Vodildagi “Chinor tagi” istirohat bog‘i to‘liq rekonstruksiya qilinadi

Tuman sektorlari rahbarlari bilan o‘zining ko‘rkam va salqinligi bilan ajralib turadigan mazkur bog‘ hududini ko‘zdan kechirgan viloyat hokimiga, bu yerdagi Islom olamining ulug‘ mutasavvif donishmandlari orasida o‘ziga xos moʻtabar o‘rin tutgan Xoja Ahmad Valiyning maqbarasi hamda hududdagi ming yillik azim chinor haqida maʼlumot berildi.

 

Bog‘ning qarovsiz holati, eskirgan atraksionlar hamda oilaviy hordiq chiqarish uchun mo‘ljallangan boshqa obyektlar, yoritish tizimining yo‘lga qo‘yilmaganligi viloyat rahbari tomonidan tanqid qilindi.

 

Xayrullo Bozorov, “Chinor tagi” istirohat bog‘ining topografik syemkasini o‘tkazish hamda to‘liq rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish uchun bog‘ning yangi loyihasini jadal surʼatlarda tayyorlash bo‘yicha topshiriq berdi. Istirohat bog‘ida rekonstruksiya ishlari bu yilgi mavsumning yakunlanishi bilan boshlanishi hamda kelgusi bog‘ mavsumiga qadar yakunlanishi belgilab berildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"