Jamiyat

“Musiqani o‘chirsang, shu pichoqni peshonangga otaman”. Fuqaro katta yo‘lda IIB xodimlaridan nega qochgandi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tunda katta yo‘l o‘rtasida bir fuqaroning IIV xodimlaridan qochayotgani aks etgan video tarqaldi.

“Musiqani o‘chirsang, shu pichoqni peshonangga otaman”. Fuqaro katta yo‘lda IIB xodimlaridan nega qochgandi?

Ushbu xabarga Qashqadaryo viloyati IIB munosabat bildirdi.

Unda keltirilishicha, Qarshi shahar “Temir yo‘lchi MFYda yashovchi fuqaro N.L. 2021 yil 19 fevral kuni soat 00:05 larda shahardagi restoranlarning biriga ikki nafar tanishi A.T. va Sh.S. bilan borib, restoran ishchisi S.A.ga: “Musiqani o‘chirsang, shu pichoqni peshanangga otaman”, deb qo‘rqitib, janjal qilgan. So‘ngra N.L.ni tinchlantirish uchun restoranga kelgan Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talabini bajarish o‘rniga qarshilik ko‘rsatgan. Sherigi A.T. bilan ikki nafar Ichki ishlar organlari xodimining yoqasidan tutib, siltab, qochishga uringan. Restorandan ko‘chaga chiqqan N.L. qo‘lidagi pichoq bilan yana bir nafar Ichki ishlar organi xodimiga shikast yetkazmoqchi bo‘lganida xodim chap berib yiqilib, tan jarohati olgan.

Tezkor ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida shu kuni N.L. qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan N.L va A.T.larga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. Tergov harakatlari tamomlanib, sudga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudning 2021 yil 2 avgust kunidagi hukmi bilan N.L va A.T. tegishli jazoga tortilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"