Jamiyat

Toshkentda YTH sodir bo‘ldi, 3 kishi kasalxonaga yotqizildi

Chilonzor tumanida “Matiz” va “Nexia-3” sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida har ikki haydovchi va “Matiz” yo‘lovchisi kasalxonaga olib ketilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB maʼlum qildi.

Toshkentda YTH sodir bo‘ldi, 3 kishi kasalxonaga yotqizildi

 

 

2021 yil 17 avgust kuni taxminan soat 15.00 da Chilonzor tumani Seul ko‘chasida 1978 yilda tug‘ilgan Sh.M. boshqaruvidagi “Matiz” va 1988 yilda tug‘ilgan D.T. boshqaruvidagi “Nexia-3” avtomobili to‘qnashuvi ro‘y berdi.

 

YTH oqibatida ikkala haydovchi hamda “Matiz” avtomobilining yo‘lovchisi B.M. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tergov oldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"