0

Yunusobod tumanida yuz bergan YTH oqibatida bir kishi vafot etdi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yunusobod tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida maʼlumot berdi.

Yunusobod tumanida yuz bergan YTH oqibatida bir kishi vafot etdi

 

 

2021 yil 19 avgust kuni taxminan soat 01:30larda Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasida 31 yoshli fuqaro “Lacetti” rusumli avtomobilni boshqarish davomida piyodani urib yuborgan.

 

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda, 51 yoshli fuqaro jarohatlar tufayli voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

 

Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

 

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Yunusobod tumanida yuz bergan YTH oqibatida bir kishi vafot etdi