Banklarga beriladigan kreditlar muddatini cheklash amaliyoti bekor qilinadi
Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarga kreditni milliy valyuta — “so‘m”da va biznes vakillari uchun maqbul foizlarda berish tizimi yo‘lga qo‘yilishini maʼlum qildi.


«Bundan buyon, Hukumat tomonidan xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb qilinayotgan imtiyozli mablag‘lar hisobidan, banklarga beriladigan kreditlarning muddatini cheklash amaliyoti bekor qilinadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Joriy yil 1 oktyabrdan boshlab, ilgari 1 mln dollargacha xorijiy valyutada olingan 6 mingga yaqin tadbirkorning jami 1 mlrd dollarga yaqin kreditlari, tadbirkor va tijorat banklari o‘rtasidagi kelishuvga asosan, milliy valyutaga o‘tkazib beriladi", dedi prezident.







