Yakkasaroyda o‘tkazilgan tungi reydda “Lacetti” salonidan giyohvandlik moddasi topildi
Shu yil 20 avgust kuni soat 02.40 da Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi tomonidan “Tun” reyd tadbiri tashkil etildi.

Reyd davomida Yakkasaroy tumani Sh.Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, 1992 yilda tug‘ilgan A. M. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli davlat raqami 01 Ye 998 NA bo‘lgan avtoulov organ xodimlarida shubha uyg‘otdi.
Xolis guvohlar ishtirokida tekshirilganda avtomobil salonidagi qora sumka ichidan qog‘ozga o‘ralgan, yashil rangli, o‘tkir hidli, quritib yanchilgan o‘simlik topildi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi Yakkasaroy tumani IIO FMBga topshirildi. Holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.







