Jamiyat

Qiziriq tumanida suv talashish natijasida oʼzaro katta janjalga sabab boʼldi

Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Аxborot xizmati xabar berdi.

Qiziriq tumanida suv talashish natijasida oʼzaro katta janjalga sabab boʼldi

 

Qiziriq tumanida «Gilambob» mahallasida yashovchi, S.Xamid, tumanning «Istiqlol» mahallasida yashovchi, N.Husniddinning tomorqasida ekilgan ekinni sugʼorish uchun ochilgan suv masalasida oʼzaro janjallashib qolib, S.Xamid qoʼlida boʼlgan ketmon bilan N.Husnidinni boshiga va yuziga urib, «hayot uchun xavfli boʼlgan ogʼir» tan jarohati etkazgan. 

 S.Xamidga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

S.Xamid biroz sabr qilib, N.Husniddinning tomorqasiga ekilgan ekinlarini sugʼorib olishini kutib turganida, oʼzaro bir birlariga oqibatli boʼlib, hurmat qilishganlarida oʼrtada oʼzaro tortishuv va janjal sodir etilishining oldi olinar edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"