0

Virtual firibgar qo‘lga olindi

Andijon shahrida yashovchi K.M. ismli shaxs, G‘ijduvon tumani A.Qahhor mahallasida yashovchi, I.Sh. ning “OLX” saytida “IFONE 6 plyus” rusumli telefon apparatini sotuvga qo‘yganligidan foydalanib uni chuv tushirdi.

Virtual firibgar qo‘lga olindi

K.M “Telegram” ijtimoiy tarmog‘i orqali aloqaga qichib, I.Sh ning ishonchiga kirib, uning telefon apparatini sotib olishini bildirgan. Aldov yo‘li bilan ATB «Agrobank» tuman filiali tomonidan unga berilgan plastik karta raqamlari va kodini olishga erishib, pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi fosh etilgan.

Mazkur holat yuzasidan K.M. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda ushbu shaxsning xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq, Toshkent shahar Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi ikki nafar fuqaro firibgarlik yo‘li bilan iPhone 12 Pro rusumli telefon apparatini qo‘lga kiritgani xaqida xabar bergan edik.

Avvalroq, Toshkent shahar Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi ikki nafar fuqaro iPhone 12 Pro rusumli telefon apparatini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan haqida xabar bergan edik.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Virtual firibgar qo‘lga olindi