Jahon

“Tolibon” rahbariyati BMTdan yordam so‘radi

“Tolibon” siyosiy ofisi raisi o‘rinbosari Sher Muhammad Abbos Stanekzay Qatarda BMT Butunjahon  oziq-ovqat dasturi vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda harakat rasmiy vakili Muhammad Naim xabar berdi.

“Tolibon” rahbariyati BMTdan yordam so‘radi

 

 

Stanekzay Butunjahon  oziq-ovqat dasturi direktori Devid Bisli bilan muzokara o‘tkazgan. U BMTdan Afg‘oniston uchun oziq-ovqat va insonparvarlik yordami so‘ragan.

 

“Tomonlar, shuningdek, mamalakat oldida turgan dolzarb muammolarni muhokama qildi, Afg‘onistondagi qashshoq fuqarolariga darhol yordam ko‘rsatish zarurligi qayd etildi”, — degan Muhammad Naim.

 

“Tolibon” vakilining qo‘shimcha qilishicha, harakat Bisliga xavfsizlikni taʼminlashga vaʼda bergan. Siyosiy ofis BMTga insonparvarlik yordami uchun minnatdorchilik bildirgan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Afg‘oniston jiddiy gumanitar halokat yoqasida turgani xabar qilingan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Patriot tizimlari va raketa qurilmalari nishonda: Eron Quvaytdagi AQSh harbiy bazasiga hujum qildi

Patriot tizimlari va raketa qurilmalari nishonda: Eron Quvaytdagi AQSh harbiy bazasiga hujum qildi

Avvalroq Bahrayndagi AQSh radar stansiyasi ham nishonga olingan edi.

72 soatlik kuzatuv natijasi: Turkiyada o‘zbekistonlik fuqaro qurolli hujumda gumonlanmoqda

72 soatlik kuzatuv natijasi: Turkiyada o‘zbekistonlik fuqaro qurolli hujumda gumonlanmoqda

Niqob taqqan ikki kishi haydovchidan mashinadan tushishni talab qilgan. U bo‘ysunmay, qochishga uringanida avtomobilga qarata o‘q uzilgan.

AQSh razvedkasi Eron tahdidi haqida xabar berdi, Tehron esa buni inkor qildi

AQSh razvedkasi Eron tahdidi haqida xabar berdi, Tehron esa buni inkor qildi

Eron AQSh OAVlaridagi xabarlar keyingi tajovuz uchun bahona yaratishga qaratilganini bildirgan.

Buyuk Britaniya Isroil kompaniyalariga sanksiya kiritdi: ular G‘arbiy Sohilda noqonuniy uy qurgan

Buyuk Britaniya Isroil kompaniyalariga sanksiya kiritdi: ular G‘arbiy Sohilda noqonuniy uy qurgan

Sanksiyalar G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazilishiga to‘sqinlik qilayotgan ko‘chmanchilar guruhiga nisbatan ham qo‘llanilgan.

Zaporijjya viloyatidagi hujum oqibatlari: 72 kishi halok bo‘lgan

Zaporijjya viloyatidagi hujum oqibatlari: 72 kishi halok bo‘lgan

Ukrainaning Zaporijjya viloyatidagi Kamishevaxa qishlog'ida 2-noyabr kuni Rossiya hujumidan keyin boshlangan qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi.

Ayollarni davolagan shifokorlar qamoq bilan qo‘rqitilmoqda: Afg‘onistondagi yangi to‘siqlar

Ayollarni davolagan shifokorlar qamoq bilan qo‘rqitilmoqda: Afg‘onistondagi yangi to‘siqlar

Bu holat shoshilinch tibbiy yordamga ham ta’sir qilmoqda.

O‘zbek ayvonlari Vashingtonda: Shavkat Mirziyoyevning Trampga sovg‘asi o‘rnatildi

O‘zbek ayvonlari Vashingtonda: Shavkat Mirziyoyevning Trampga sovg‘asi o‘rnatildi

Ayvonlar O‘zbekiston Prezidenti tomonidan AQSH mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan Donald Tramp va Amerika xalqiga sovg‘a qilingan edi.

Xabib Nurmagomedov BAAda muzokara o‘tkazdi: ukasi va uning jamoadoshlari ozod qilindi

Xabib Nurmagomedov BAAda muzokara o‘tkazdi: ukasi va uning jamoadoshlari ozod qilindi

Usmon Nurmagomedov BAAda sobiq UFC chempioni Merab Dvalishvili bilan bog‘liq mushtlashuv ishi bo‘yicha olti oyga qamoq jazosiga hukm qilingan edi.