0

Maktab o‘quvchisi xonadonga o‘g‘irlikka tushdi

Tahlillarga ko‘ra, o‘smirlar va yoshlar huquqbuzarligi, jinoyati hamda ularning jabrlanuvchi bo‘lib qolishiga ikki yuzga yaqin omil taʼsir qilar ekan. Bular orasida, eng asosiysi, bola yashayotgan oiladagi nosog‘lom muhitning taʼsiridir.

Maktab o‘quvchisi xonadonga o‘g‘irlikka tushdi

 

 

Mutaxassislar ota-onalarning farzand axloqidagi salbiy o‘zgarishlar, uning feʼl-atvori, taʼlim-tarbiyasiga eʼtiborsiz bo‘lishi bola kelajagi uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi asosiy omil ekanini taʼkidlaydi. Namanganlik 16 yoshli maktab o‘quvchisining jinoyatga qo‘l urgani kishini o‘yga toldiradi.

 

Joriy yilning 25 avgust kuni Pop tumanida yashovchi 1951 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan Pop tuman IIB JQBga murojaat qiladi. Unga ko‘ra, 22 avgust kuni soat 11:00 dan soat 13:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalangan nomaʼlum shaxs, hovlisiga devor oshib kirib, xonadonidagi sandiqda bo‘lgan ikki yarim million pul va narxi bir million so‘mlik “FLY” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganini aytadi.

 

Olib borilgan tezkor-qidiruv, surishtiruv harakatlari natijasida bu jinoyatni shu tumanda yashovchi, 9 sinf o‘quvchisi sodir etgani aniqlangan.

 

Mazkur holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘g‘ri begona emas, xonadon egasining jiyani bo‘lib chiqqani hamda Toshkentda shinalar o‘rniga g‘isht qo‘yib ketayotganlar qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

 

 

Bahriniso Madumarova

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Maktab o‘quvchisi xonadonga o‘g‘irlikka tushdi