Jamiyat

Sirdaryoda o‘qituvchilarni  majburan ishlatgan maktab  direktori jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumanidagi 9-maktab o‘qituvchilari maktab direktori tomonidan majburiy mehnatga jalb qilinganligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Sirdaryoda o‘qituvchilarni  majburan ishlatgan maktab  direktori jarimaga tortildi

Ushbu holat Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasida Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani 9-son maktab direktori o‘qituvchilarni maktab hovlisi va atrofini tozalash ishlariga majburiy tarzda jalb etganligi aniqlandi.

Mazkur holat bo‘yicha Oqoltin tumani 9-son maktab direktoriga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 (ellik) barobari miqdorida maʼmuriy jarima qo‘llanildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘qituvchilar maktabda “o‘z xohishi bilan” bodom tergandi

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"