O'zbekiston

O‘zbekistonda saylovlarni o‘tkazish amaliyoti sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi

Shavkat Mirziyoyev Mustaqillikning 30 yilligi bayrami tadbirida bo‘lajak prezidentlik sayloviga doir muhim fikrlar bildirdi.

O‘zbekistonda saylovlarni o‘tkazish amaliyoti sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi

 

 

 “Oldimizda muhim siyosiy voqea turibdi. Shu yil 24 oktyabr kuni mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi.

 

So‘nggi besh yil mobaynida mamlakatimiz milliy saylov qonunchiligida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Nufuzli xalqaro ekspertlar taʼkidlaganidek, yangi O‘zbekistonda saylov qonunchiligini izchil takomillashtirish hamda saylovlarni o‘tkazish amaliyoti sifat jihatidan yangi pog‘onaga ko‘tarildi. Saylovda dunyoning 50 ga yaqin mamlakati hamda o‘nlab xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etishi kutilmoqda”, - deb qayd etgan Davlatimiz rahbari.

 

Saylovlarda mamlakatda ro‘yxatga olingan beshta partiyadan besh nomzod: Ekologik partiyadan – Narzullo Oblomurodov, “Adolat” partiyasidan – Bahrom Abduhalimov, «Milliy tiklanish» partiyasidan – Alisher Qodirov, Xalq demokratik partiyasidan – Maqsuda Varisova, O‘zLiDeP partiyasidan – Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi.

 

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq 814 nafar OAV vakillari akkreditatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lib ularning 766 nafari mahalliy va 48 nafari xorijiy  OAV vakillari hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2021 yil 24 oktyabr sanasida O‘zbekiston Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi.

 

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.