Toshkentda voyaga yetmaganlarga noqonuniy diniy taʼlim bergan yigit 15 sutkaga qamaldi
Toshkentning Yangihayot tumanida 20 yoshli yigit voyaga yetmagan bolalarga tegishli ruxsatsiz diniy taʼlim bergani aniqlandi.


Poytaxt IIBB xodimlari tomonidan olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida 20 yoshli yigit M.Q. xususiy uylardan birida tegishli ruxsatsiz voyaga yetmaganlar uchun diniy adabiyotdan foydalangan holda dars o‘tgani aniqlangan. Voqea joyidan diniy adabiyot, DVD-disk va mobil telefonlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasiga (diniy taʼlimotdan saboq berish tartibini buzish) ko‘ra hujjatlar to‘planib, sudga yuborilgan.
Sun unga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi tayinlagan.
Bundan avvalroq Zangiotada noqonuniy hujra hamda Qashqadaryoda xonadonida hujra tashkil etgan ona-bola aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.







