Multiradarlar endi Qashqadaryoda ham mavjud
Qashqadaryo viloyati hududidan o‘tgan avtomobil yo‘llarida multiradarlar bilan jihozlangan patrul avtomobillari harakatlanishni boshladi, deb xabar berdi IIV YHXBB axborot xizmati.


Qayd etilishicha, bu kabi patrul avtomobillari tezlik sabab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, tezyurar haydovchilarni tartibga chaqirish maqsadida joriy etilgan.
Multiradar qurilmalari bilan jihozlangan avtomobillar ushbu viloyat hududi bo‘ylab transport vositalari tezligini qayd etib boradi va qoidabuzarlarga nisbatan onlayn tarzda jarima belgilanadi.
Barcha haydovchilardan tezlik meʼyoriga rioya qilish so‘ralgan.
Avvalroq radarni to‘sgan fuqaro 15 sutkaga qamalgani hamda Toshkent viloyatida eng ko‘p tezlikni oshirgan haydovchilar to‘g‘risida maʼlumot berilgandi.







