Sport

“Barselona”ning yozgi transfer oynasida tugatolmay qolgan shartnomasi bo‘lgan

“Barselona” klubi “Leypsig” yarim himoyachisi Dani Olmo bilan o‘zaro kelishuvga erishgan edi.

“Barselona”ning yozgi transfer oynasida tugatolmay qolgan shartnomasi bo‘lgan

 

 

Lekin kataloniyaliklar transfer oynasi yopilguniga qadar shartnomani yakunlay olmadi. 

 

Qayd etilishicha, Ispaniyalik futbolchi “Barsa” bilan 5 yilga mo‘ljallangan shartnoma tuzishga tayyor. U “Leysig” bilan tuzilgan shartnomaga nisbatan maoshini qisqartirishga ham rozi edi.

 

Transfer oynasi yopilib qolganiga qaramay, Germaniya klubi katalonlar va Olmo o‘rtasida muzokaralarga ruhsat bergan. Tomonlar bitimning umumiy narxi va kelishuvlarni muhokama qilishgan.

 

Ular muzokaralarga 2022-yil qaytishadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Miralem Pyanichning “Beshiktosh” klubiga ijaraga berilgani haqida xabar bergandik.

 

Maqsadjon Obidjonov