Jamiyat

Toshkent xalqaro aeroportida 15 yildan beri qidiruvda yurgan ayol ushlandi

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida 15 yildan beri qidiruvda yurgan ayol ushlandi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Toshkent xalqaro aeroportida 15 yildan beri qidiruvda yurgan ayol ushlandi

 

 

Qayd etilishicha, Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilib, tergov organlaridan yashirinib yurganligi uchun viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan 2006-yilda qidiruv eʼlon qilingan Buxoro tumani Gala Osiyo shahri Oybek ko‘chasi 12-uyda ro‘yxatda turuvchi, 1977-yilda tug‘ilgan R.S. ismli ayolni ushlash yuzasidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari o‘tkazilgan.

 

U O‘zbekistonga kelishi bilan qo‘lga olingan.

 

Avvalroq Toshkentda imkoniyati cheklangan qizni kaltaklagani uchun qidiruvga berilgan 27 yoshli yigit ushlangani hamda Soxta xayriya aksiyasi uyushtirib, 11 mln so‘mni o‘zlashtirgan yigit aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Toshkent xalqaro aeroportida 15 yildan beri qidiruvda yurgan ayol ushlandi | Zamon.uz