Jamiyat

Qashqadaryoda uy talashgan otaxon nabirasini pichoqlab qo‘ydi

Qashqadaryoda uy talashgan otaxon nabirasini pichoqlab qo‘ydi.

Qashqadaryoda uy talashgan otaxon nabirasini pichoqlab qo‘ydi

 

 

Joriy yilning 29 avgust kuni soat 22:00 lar atrofida Qarshi tumani “Paxtazor” mahallasida yashovchi nafaqaxo‘r T.O. nabirasi O.G‘. bilan uy-joy masalasida janjallashib qolgan.

 

Qashqadaryo viloyat IIB maʼlumotiga ko‘ra, janjal sabab bobo nabirasini chap tomon qorin old sohasiga bir marotaba pichoq sanchib, tan jarohati yetkazgan. Buning oqibatida nabira tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Qarshi IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq Navoiyda mast fuqaro tanishini pichoqlab o‘ldirib qo‘ygani hamda Qashqadaryoda 60 yoshli erkak sharʼiy nikohdagi to‘rtinchi xotinini pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar berilgandi.

Qashqadaryoda uy talashgan otaxon nabirasini pichoqlab qo‘ydi | Zamon.uz