Siyosat

Maqsuda Vorisova XDP partiyasidan nomzodlikka tasdiqlandi

Bugun, 6 sentyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining XII qurultoyi bo‘lib o‘tdi.

Maqsuda Vorisova XDP partiyasidan nomzodlikka tasdiqlandi

Unda partiya aʼzolari tomonidan hududlardan saylangan delegatlar, partiya Markaziy Kengashi aʼzolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, partiya faollari, ekspertlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

Qurultoy kun tartibida “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning saylovoldi dasturi to‘g‘risida”gi masalalar ko‘rib chiqildi.

Partiya Markaziy Kengashining 7 avgust kuni bo‘lib o‘tgan plenumida Xalq demokratik partiyasidan O‘zXDP Markaziy Kengashi rais o‘rinbosari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Azizovna Vorisova nomzodini ilgari surish haqida qaror qabul qilgan edi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 63-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Vakolatli vakili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishga ijozat so‘rab Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlarni topshirdi. Hujjatlarni o‘rganib chiqqan Markaziy saylov komissiyasi O‘zXDPning 2021 yil 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovida ishtirok etishi uchun ijozat berdi.

Maqsuda Vorisova 1961 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Maʼlumoti – oliy. 1984 yili Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – shifokor. Oilali, uch nafar farzandi bor. O‘zbekiston XDP aʼzosi.

Qurultoyda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning Saylovoldi Dasturi muhoqama qilindi.

Dastur loyihasida to‘qqizta yo‘nalishda taklif va tashabbuslar ilgari surilmoqda. Xususan:

- aholining daromadiga qarab tabaqalashtirilgan soliq solish tizimini joriy etish;

- har bir insonning minimal ijtimoiy xizmatlarni bepul olishini qonunchilik darajasida kafolatlash;

- olis va chekka hududlarda shifokorlar hamda o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun “Qishloq shifokori” va “Qishloq o‘qituvchisi” dasturlarini amalga oshirish, ularni moddiy va maʼnaviy rag‘batlantirish tizimini qonunchilik asosida mustahkamlash;

- aholining kam taʼminlangan qatlamlariga bepul, sifatli va to‘laqonli, shu jumladan profilaktika tibbiy xizmatlarni o‘z ichiga olgan tibbiy yordam ko‘rsatish;

- yoshlarning kasb-hunar tanlashi, bepul va sifatli taʼlim olishi, o‘quv muassasalarini tugatgandan so‘ng ishga joylashish kafolatini mustahkamlash;

- pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilarning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishni kafolatlaydigan pensiya va ijtimoiy taʼminotning maqbul tizimni shakllantirish;

- kam taʼminlangan, lekin boqimandalik kayfiyatida yurgan fuqarolarni jamiyatimizning faol ishtirokchisiga aylantirish;

- nogironligi bo‘lgan shaxslarga oid xalqaro meʼyorlar va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish;

- umumxalq ahamiyatiga ega iqtisodiyot tarmoqlarining boshqaruvida davlat ishtirokini mustahkamlash.

Qurultoy delegatlari nomzodning Saylovoldi dasturini shakllantirish bo‘yicha bir necha oy davomida izchil ish olib borilgani, boshlang‘ich tashkilotlardan tortib, hududiy kengashlargacha takliflar shakllantirilgani, partiyaning ko‘p ming sonli fikri va qarashlari dasturda o‘z ifodasini topayotganini taʼkidlashdi.

Qurultoyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Xalq demokratik partiyasidan ko‘rsatiladigan nomzodning Saylovoldi dasturi tasdiqlandi.

Avvaroq, Vorisovaning Davlat test markazi faoliyatini butunlay qaytadan ko‘rib chiqish kerakligi bo‘yicha bildirilgan fikr mulohazalari haqida xabar bergan edik.

Shavkat Mirziyoyev Anqaradagi amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Anqaradagi amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi

Tashrif davomida Erdog‘an bilan uchrashuv, Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti va biznes muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev “Anadolu Group” rahbari bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev “Anadolu Group” rahbari bilan uchrashdi

Uchrashuvda “SamAvto”ni modernizatsiya qilish va yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

“AQSHga murojaat qilgan edik”: Eron TIV O‘zbekistonning norozilik notasiga javob berdi

“AQSHga murojaat qilgan edik”: Eron TIV O‘zbekistonning norozilik notasiga javob berdi

Eron elchixonalarining Samarqand merosi haqidagi postlari yuzasidan yuzaga kelgan diplomatik bahsga Tehron izoh berdi.

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki tomonlama kelishuvlar ijrosi hamda global va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Samarqanddagi global e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva xalqaro global tarmoq raisi etib saylandi

Samarqanddagi global e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva xalqaro global tarmoq raisi etib saylandi

Samarqandda o‘tgan xalqaro forumda bolalar onkologiyasi, zamonaviy davolash usullari va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

O‘zbekiston va AQShning ushbu kompaniyasi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib oldi.

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistondagi ilk integratsiyalashgan AES qurilishi, mutaxassislar tayyorlash va atomchilar shaharchasini barpo etish masalalari muhokama qilindi.

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSST Bosh direktori bolalar onkologiyasi sohasidagi yetakchiligi va bolalar salomatligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Birinchi xonimiga xalqaro mukofotni topshirdi.