Bahrom Ashrafxonov O‘zbekistonning Gruziyadagi elchisi bo‘ldi

O‘zbekiston elchisi Gruziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Bahrom Ashrafxonov O‘zbekistonning Gruziyadagi elchisi bo‘ldi

 

 

O‘zbekiston Respublikasining Gruziyadagi favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Boku shahrida) Bahrom Ashrafxonov Gruziya prezidenti Salome Zurabishviliga ishonch yorliqlarini topshirdi.

 

Suhbat chog‘ida Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevga eng yaxshi tilaklari va niyatlarini yetkazishni so‘radi, deyiladi TIV maʼlumotida.

 

Maʼlumot uchun, Bahrom Ashrafxonov 2020 yil aprel oyi o‘rtalarida O‘zbekistonning Ozarboyjondagi elchisi lavozimiga tayinlangandi. 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Bahrom Ashrafxonov O‘zbekistonning Gruziyadagi elchisi bo‘ldi