Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev: Jurnalistlar hamisha prezident himoyasida bo‘ladi

Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturi – Yangi O‘zbekiston strategiyasining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha maʼruza qildi.

Shavkat Mirziyoyev: Jurnalistlar hamisha prezident himoyasida bo‘ladi

 

 

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi syezdida ishtirok etgan Shavkat Mirziyoyev jurnalistlar masalasiga ham alohida to‘xtalib o'tdi.

 

“Biz ochiqlik va oshkoralik, jamoatchilik bilan faol hamkorlik yo‘lidan qatʼiy boramiz.

Ijtimoiy soha obyektlarini qurish, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, hududiy infratuzilma dasturlari doirasidagi loyihalar ochiq eʼlon qilinib, keng jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqiladi. 

Shuningdek, subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtmalar ajratish orqali nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash hajmi, 2 barobar oshiriladi.

Ommaviy axborot vositalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davom ettirilib, jurnalistlarning erkin faoliyat yuritishlari uchun, zarur shart-sharoitlar yaratiladi. 

Men, haqiqat va adolatni o‘z eʼtiqodi deb biladigan barcha jurnalistlarni, islohotlarning faol ishtirokchilari, deb bilaman va ular hamisha Prezident himoyasida bo‘ladi. Bu fikrni bugun yana bir bor taʼkidlayman”, – dedi prezident o‘z nutqida.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev men uchun bundan ulug‘ baxt, bundan buyuk sharaf va masʼuliyat yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas deya aytgandi.