Jamiyat

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Gidrometeorologiya xizmati markazi bugun, 10 sentyabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini maʼlum qildi.

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

 

 

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28 daraja issiqni tashkil etadi.

 

Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 24-26 daraja issiq bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 12-17 daraja iliqqacha pasayadi.

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi | Zamon.uz