0

Jizzaxda 6 yoshli bolani asfalt yotqizish mashinasi bosib ketdi

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida “Katok” rusumli maxsus texnika mashinasida voyaga yetmagan 2016 yil tug‘ilgan t.sh. asfalt yotqizish mashinasi ostida qolib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Erkin Ochilov Zamon.uz'ga xabar qildi.

Jizzaxda 6 yoshli bolani asfalt yotqizish mashinasi bosib ketdi

 

 

Maʼlum bo‘lishicha, T.Sh. velosipedi bilan mahalla hududida aylanib yurgan va  shu hududda ish jarayonini o‘tkazayotgan asfalt yotqizish mashinasi orqa tomoniga yaqinlashib kelib qolgan. Haydovchi orqaga qarab harakatlangan paytida bola mashina bilan to‘qnashib, yiqilgan. Buning oqibatida u texnika tagida qolib ketib, voqea joyida halok bo‘lgan.

 

Ushbu voqeaga haydovchining beparvoligi, ish vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagani, haydovchi oldida uni ogohlantirib turishi, kerak bo‘lgan yordamchi ishchilarning yo‘qligi sabab bo‘lgan.

 

Mazkur holat yuzasidan og‘ir texnika vositasi tegishli bo‘lgan firma rahbari T.X.ga yosh bola bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘l transport hodisasi yuzasidan harakat xavfsizligi taʼminlanmagani va maxsus yo‘l belgisi qo‘yilmagani uchun Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 147-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma tuzilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sariosiyoda 4 yoshli bola YTH qurboni bo‘lgandi. Shuningdek, Аndijonda voyaga yetmagan bola boshqaruvidagi avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgani, oqibatda haydovchining 13 yoshli ukasi vafot etgani haqida xabar berilgandi

 

 

Munojat Valiyeva

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Jizzaxda 6 yoshli bolani asfalt yotqizish mashinasi bosib ketdi