Jamiyat

Sirdaryoda bir guruh shaxslarning mushtlashishiga nima sabab bo‘ldi?

Joriy yilning 6-sentabr kuni Yangiyer shahrida bir guruh fuqarolarning o‘zaro mushtlashuvi aks etgan video tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Sirdaryoda bir guruh shaxslarning mushtlashishiga nima sabab bo‘ldi?

 

 

Zamon uz. voqeaga oydinlik kiritish maqsadida Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Doston Shamsitdinov bilan bog‘landi. Mutaxassis quyidagilarni maʼlum qildi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, voqea 6-sentabr kuni soat taxminan 11:00lar atrofida sodir bo‘lgan. Sobir Azimov Guliston-Yangiyer yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi avtoshoh bekatda “kirakashlik” qiluvchi tanishi, Xovos tumanida yashovchi Akrom Baratov bilan mijoz talashib, o‘zaro janjallashib qoladi.

 

Ertasi kuni Sobir Azimov “Maʼrifat” mahallasida joylashgan, avtomobillarga ehtiyot qismlar sotuvchi savdo do‘koniga borgan vaqtida, Akrom Baratovga ro‘para kelib qoladi. O‘sha yerning o‘zida Akrom o‘zining 4 nafar tanishlari bilan Sobir Azimovga turli tan jarohatlari yetkazadi hamda voqea joyidan qochib ketadi. Natijada Akrom Baratov bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi hamda burin sinishi jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.

 

Hozirda ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 277-moddasi 2 qismi “B” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq Qarshida ommaviy janjal vaqtida 19 yoshli sportchi to‘pponchadan o‘q yegani xaqida maʼlumot bergan edik.

 

 

Munojat Valiyeva

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"