Jamiyat

Farmatsevtning kirdikorlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Farmatsevtning kirdikorlari fosh etildi

 

 

Unda, “S.” MCHJ farmatsevti G.O. dori vositalarini sotuvidan tushgan 114 million so‘mni jamiyat hisob raqamiga kirim qilmasdan o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chilonzorda psixotrop dori vositalarini noqonuniy sotayotgan dorixona aniqlangandi.

 

 

Bahriniso Madumarova

Farmatsevtning kirdikorlari fosh etildi | Zamon.uz