Toshkentdagi yadro universitetiga direktor tayinlandi
Shavkat Abdukomilov “MMFI” Milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent shahridagi filialining ijrochi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda “Uzatom” agentligi xabar berdi.


Qayd etilishicha, shu kungacha texnika fanlari nomzodi Sh.Abdukomilov “O‘zatom” agentligining "Ilm-fan, innovatsiya va kadrlarni tayyorlash" boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, MMFI MTYAU Toshkent shahridagi filiali o‘z faoliyatini 2019 yilning 3 sentyabr kuni boshlagan bo‘lib, bugungi kunda filialda bakalavrlar kunduzgi taʼlim dasturi asosida “Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi”, “Yadro fizikasi va texnologiyalar”, “Issiqlik energiyasi va issiqlik fizikasi” va “Elektr energetikasi va elektrotexnika” taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil berilmoqda.
Avvalroq Energetika vazirligi boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Behzod Narmatov “O‘ztransgaz” boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgandi.







