Siyosat

Shavkat Mirziyoyev 16-17 sentabr kunlari Dushanbe shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining yubiley sammiti tadbirlarida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-17 sentabr kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti – Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yubiley majlisi tadbirlarida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev 16-17 sentabr kunlari Dushanbe shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining yubiley sammiti tadbirlarida ishtirok etadi

 

 

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Tojikiston raisligida o‘tkazilayotgan sammit ishida SHHTga aʼzo davlatlar – Hindiston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi yetakchilarining ishtirok etishi kutilmoqda.

 

Qayd etilishicha, tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlatlar tomonidan Belarus Respublikasi, Eron Islom Respublikasi va Mo‘g‘uliston Prezidentlari ishtirok etadi. Majlisning faxriy mehmoni sifatida Turkmaniston rahbari taklif etilgan.

 

Shuningdek, tadbirda SHHT ijroiya organlari va boshqa xalqaro institutlar rahbarlari qatnashadi.

 

Taʼkidlanishicha, kun tartibiga muvofiq, ishtirokchilar SHHTning o‘tgan 20 yilgi faoliyatining asosiy yakunlarini ko‘rib chiqadilar, ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb vazifalarini muhokama qiladilar. Global siyosat va mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.

 

Sammit yakunida Dushanbe deklaratsiyasining qabul qilinishi, davlatlar rahbarlarining qarorlari va Tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga doir boshqa ko‘p tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. SHHTga raislik O‘zbekiston Respublikasiga o‘tishi sammitning muhim voqeasi bo‘ladi.

 

Bundan tashqari, Prezidentimiz dasturidan hamkor davlatlar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama muzokaralar hamda Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha “SHHT - KXSHT” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish o‘rin olgan.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev 16-17 sentabr kunlari Dushanbe shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining yubiley sammiti tadbirlarida ishtirok etadi | Zamon.uz