Bo‘stonliqdagi yo‘l vaqtincha yopiladi
Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida «SKY CAMP» nomli marafon o‘tkaziladi. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.


Maʼlum qilinishicha, 18-19 sentyabr kunlari soat 07:00 dan 11:00 ga qadar tuman hududidan o‘tgan 4R10 "Chorbog‘ suv ombori xalqa avtomobil yo‘li"ning 0-kilometridan 13-kilometrigacha bo‘lgan masofada harakatlanish vaqtincha cheklanadi.
Qayd etilishicha, mazkur vaqtda haydovchilarga 4R6 “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” avtomobil yo‘lining 54-kilometridan 96-kilometrigacha bo‘lgan yo‘l orqali, yaʼni Chimyon qishlog‘i orqali aylanib o‘tish tavsiya etiladi.
Barcha haydovchilardan vaqtincha yo‘l yopilganda tartibga soluvchilarning ishoralari hamda yo‘l belgilarining talablariga rioya qilish so‘ralgan, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Qashqadaryodagi dovon ikki kunga yopilgani haqida xabar qilgandik.







