Jahon

“Tolibon” Kobulda shahar xo‘jaligida ishlaydigan ayollarning bo‘shashini talab qildi

“Tolibon” Kobulda shahar xo‘jaligida ishlaydigan ayollarning bo‘shashini talab qildi, deya xabar bermoqda “Ria Novosti”.

“Tolibon” Kobulda shahar xo‘jaligida ishlaydigan ayollarning bo‘shashini talab qildi

 

Kobul shahri hokimi vazifasini basharuvchi Mavlaviy Hamidulla No‘moniy erkaklar ishlashi  mumkin bo‘lgan lavozimlarni egallab turgan ayollarning ishdan bo‘shashini talab qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda shahar xo‘jaligida 2.9 ming kishi mehnat qilmoqda, shundan 27 foizini ayollar tashkil etadi. Ular asosan  maʼmuriy, qurilish va muhandislik sohalarida faoliyat olib bormoqda.

 

"Biz erkaklar ishlolmaydigan yoki faqat ayollar ishi bo‘lgan sohalarga xotin-qizlarning qaytishiga imkon berdik. Ular har kuni ishga qatnamoqda. Masalan, ayollar hojatxonasida ishlaydiganlarni erkaklar bilan almashtirib bo‘lmaydi", degan No‘moniy.

 

Shuningdek, shahar markazidagi ayrim ayollarni ham erkaklar bilan almashtirib bo‘lmasligi taʼkidlandi. Gap elektronergetika va qurilishda ishlaydigan ayollar haqida ketmoqda. "Lekin erkaklar ham ishlasa bo‘ladigan lavozimni egallab turgan ayollarga vaziyat o‘nglangunga qadar  uyda bo‘lib turishni aytdik. Ularning maoshi to‘liq to‘lanadi", deb qo‘shimcha qilgan Kobul shahri rahbari.

 

Maʼlumot o‘rnida: 15 avgust kuni “Tolibon” harakati Kobulni egallagan. 31 avgustda AQSH Afg‘onistonni to‘liq tark etdi. Harakat tomonidan egallanmagan yagona viloyat Panjsher edi. Ammo 6 sentyabrda ushbu hudud ham “Tolibon” nazoratiga o‘tdi. Shundan keyin 7 sentyabr kuni mamlakatning yangi hukumati tuzilgani eʼlon qilindi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval toliblar rasmiy vakili Zabihullo Mujohid harakat ayollar taʼlimiga qarshi emasligini maʼlum qilgandi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Eron davlat televideniyesi yadroviy zarba berilgan taqdirda aholining qanday harakat qilishi kerakligi haqida ko‘rsatmalarni namoyish etdi.

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Qutqaruv ishlari 48 soat davom etgan.

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Migratsiya qoidalarini buzganlik uchun jazolar kuchaytirildi.

AQShning Eronga zarbalari: Qeshm orolida portlashlar eshitildi

AQShning Eronga zarbalari: Qeshm orolida portlashlar eshitildi

Amerika rasmiylari hujumni mudofaa chorasi sifatida ta’riflagan.

AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaraga tayyorlanmoqda: Uitkoff kun tartibini ochiqladi

AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaraga tayyorlanmoqda: Uitkoff kun tartibini ochiqladi

Muzokaralar 10-11-noyabr kunlari Abu-Dabida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qo‘lga olinganlar ekstremistik guruh tuzish, terrorizmni targ‘ib qilish va diniy adovat qo‘zg‘atishda gumon qilinmoqda.