Jizzaxda firibgar o‘z do‘stining 3500 AQSH dollarini o‘mardi
Jizzax shahri “Mirzo Bobur” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi M.M. ichki ishlar organiga murojaat qilib, “Kimyogar” mahallasida istiqomat qiluvchi yaqin tanishi uni aldov yo‘li bilan pulini olib qaytarib bermayotgani haqida xabar bergan.


Maʼlum bo‘lishicha, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni reja qilgan M.M. shu yilning yanvar oyida o‘zining yaqin tanishi bo‘lgan K.U.ga savdo do‘koni olib berishda yordam so‘rab murojaat qilgan.
K.U. Jizzax shahrida joylashgan “Zebo” savdo markazidagi do‘konlardan birini olib berishni vaʼda qilib, jabrlanuvchidan 3500 AQSH dollari olgan. Ammo K.U. vaʼda qilinganidek na do‘kon olib bergan, na pulni qaytargan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Munojat Valiyeva







