Sport

“Nasaf” hindlarni 6-0 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Bir necha daqiqa oldin OFK Kubogi doirasida hududlararo yarim final bahsidan o‘rin olgan “Nasaf” va Hindistonning «Mohun Bagan» uchrashuvi yakuniga yetdi.

“Nasaf” hindlarni 6-0 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

 

Ushbu uchrashuvda “Nasaf” futbolchilari raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 6-0 hisobida g‘alaba qozondi.

 

Qarshiliklar safida Norchayev xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Bozorov va Narzullayev raqib darvozasiga bittadan gol yo‘lladi. Shuningdek, raqib futbolchisi Mehta o‘yinning dastlabki daqiqalarida avtogol muallifiga aylandi.

 

Mazkur natijadan keyin Qarshi klubi o‘z hududida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ular keyingi bosqichda Gongkongning «Li Man» jamoasi bilan bahs olib boradi.

 

Avvalroq “Nasaf”ning Hindiston klubiga qarshi o‘ynashi haqida xabar bergan edik.

 

Jamshid Amirov tayyorladi

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"