Jamiyat

G‘ijduvonlik 49 ayol uyida fohishaxona ochgani aniqlandi.

Romitan tumani Gazli shahrida ro‘yxatda turib, G‘ijduvon tumani “Pamo‘za” mahallasida yashovchi, 1972-yilda tug‘ilgan M.V. ismli ayol o‘zining yashash uyida fohishaxona ochgani maʼlum bo‘ldi.

G‘ijduvonlik 49 ayol uyida fohishaxona ochgani aniqlandi.

Bu haqda IIV matbuot xizmati maʼlum qildi. Ayol 40 000 so‘m evaziga o'zga bir ayol va erkakning jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib bergan.

Mazkur holat yuzasidan M.V. ga nisbatan J.K.ning  131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda 33 yoshli ayol o‘z xonadonini fohishaxonaga aylantirgani hamda Toshkentda 359 nafar ayol fohishalik bilan shug‘ullangani uchun javobgarlikka tortilgani haqida xabar bergandik.

Munojat Valiyeva

G‘ijduvonlik 49 ayol uyida fohishaxona ochgani aniqlandi. | Zamon.uz