0

Harbiy poligonda 21 yoshli yigit portlab ketdi

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida namanganlik 21 yoshli yigit harbiy xizmatda portlab ketgani haqida xabarlar tarqaldi.

Harbiy poligonda 21 yoshli yigit portlab ketdi

 Bosh prokuraturaning rasmiy maʼlumotiga ko‘ra, 2021 yilning 21 avgust kuni dala-o‘quv maydonida snaryad qoldiqlari portlashi natijasida sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisa ortidan marhumning ota-onasi video orqali Prezidentga murojaat qildi. Ota-ona farzandi Milliy gvardiya muddatli harbiy xizmatchisi A.Iqboljonov hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etganini taʼkidlashgan.

 Mazkur holat yuzasidan 21 avgust kuni Chirchiq harbiy prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 297-moddasi (atrofdagilar uchun katta xavf manbayi bo‘lgan qurol-yarog‘, shuningdek, modda va buyumlar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 21 yoshli yigit namanganlik bo‘lib, hozirda ushbu hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda,  shu bilan birga prokuror nazorati o‘rnatilgan.

 

                                                                                                                                           Cho‘lponoy Ahmedova

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Harbiy poligonda 21 yoshli yigit portlab ketdi