Jamiyat

O‘zbekistonga Zahiriddin Muhammad Boburning bronza haykali tuhfa qilindi

Ushbu haykal muallifdan O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi ko‘magida qabul qilib olindi.

O‘zbekistonga Zahiriddin Muhammad Boburning bronza haykali tuhfa qilindi

 

 

Taʼkidlanishicha, Buyuk Britaniyada yashab, ijod qilayotgan o‘zbek haykaltarosh va rassomi Yunus Safardiyor O‘zbekistonga shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning bronza haykalini sovg‘a qildi. Bu haqda O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Telegram‘dagi rasmiy kanalida xabar berildi.

 

 

 Haykalning taqdimoti va uni Temuriylar tarixi davlat muzeyiga topshirish marosimi 27-sentabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi  Otabek Shukurovning otasiga prezident nomidan “Qorabayir” zotdor ot sovg‘a qilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

O‘zbekistonga Zahiriddin Muhammad Boburning bronza haykali tuhfa qilindi | Zamon.uz