"Kino—5 kunda" tanlovi g‘oliblariga sovrinlarni mashhur kinorejissyor Lyuk Besson topshiradi
Mamlakatimizda qayta tiklanayotgan Toshkent xalqaro kinofestivali doirasidagi “Kino —5 kunda” loyihasi yosh kinoijodkorlar tanlovi bo‘lib, unda ishtirokchilar diplom, statuetka va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

“Kino —5 kunda” tanlovining asosiy maqsadi milliy kinoni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish va rivojlantirishga qaratilgan. Tanlov shartlariga muvofiq, ishtirokchilar besh kun ichida o‘zbek urf-odatlari, madaniyati va tarixiga oid filmlarni suratga olishi kerak bo‘ladi.
Har bir yosh kinoijodkor uchun bu mukofotni, ayniqsa, fransiyalik mashhur kinorejisyor, ssenariynavis, prodyuser va yozuvchi Lyuk Bessonning qo‘lidan qabul qilib olishi ham katta baxt, ham yuksak sharaf sanalishi shubhasiz.
Ma’lumot uchun: Lyuk Besson “Nikita”, “Taksi” fil’mining barcha qismlari, “Yuk tashuvchi”, “Valerian va minglab sayyoralar shahri” kabi o‘lmas asarlari bilan mashhur.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Toshkent xalqaro kinofestivali g‘oliblariga topshiriladigan nominasiyalar ochiqlangani https://zamon.uz/uz-to/detail/toshkent-xalqaro-kinofestivali-goliblariga-topshiriladigan-nominatsiyalar-ochiqlandi-eng-dolzarb hamda Toshkent xalqaro kinofestivalida mashhur rejissyor ishtirok etishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Cho‘lponoy Ahmedova







