Jamiyat

Qidiruvda bo‘lgan shaxs aeroportda qo‘lga olindi

Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar berdi.

Qidiruvda bo‘lgan shaxs aeroportda qo‘lga olindi

 

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlarining hamkorlikdagi “Qidiruv” tezkor profilaktik tadbiri davomida 2021-yil 17-avgustdan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olingan.

 

O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga nisbatan qidiruv e'lon qilingan.

 

Buxoro shaxar "Istiqlol" mahallasida doimiy ro‘yxatda turadigan 1964 yilda tug‘ilgan N. B ismli shaxsning Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shaxrida ekanligi aniqlangan va O‘zbekistonga kelishi ta'minlangan. Tezkor tadbir davomida fuqaro "Buxoro xalqaro aeroporti"da qo‘lga olinib, vaqtincha hibsxonaga joylashtirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Qidiruvda bo‘lgan shaxs aeroportda qo‘lga olindi