0

Turkiyalik bir guruh kinoijodkorlar Toshkentga yetib keldi

Mehmonlar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.

Turkiyalik bir guruh kinoijodkorlar Toshkentga yetib keldi

 

 

Qayd etilishicha“Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali mehmonlarining mamlakatimizga tashrifi boshlandi.

 

Festival doirasida 14 ta mamlakat Ozarbayjon, Belarus, Misr, Isroil, Hindiston, Italiya, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Polsha, Rossiya, Tojikiston, Turkiya va O‘zbekiston kinosi kunlari o‘tkaziladi.

 

Festivalda ishtirok etish uchun turkiyalik mehmonlarning bir guruhi Toshkentga yetib keldi. Ular O‘zjan Ayma, Erchan Deniz, Selim Beyraktar va boshqa taniqli turk yulduzlari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

 

 

Avvalroq, Toshkent xalqaro kinofestivali g‘oliblariga topshiriladigan nominatsiyalar ochiqlangandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Turkiyalik bir guruh kinoijodkorlar Toshkentga yetib keldi