Eng dolzarb

“UzAuto Motors” yangi “Chevrolet Captiva” sotishni boshladi

Avtomobil to‘rtta model darajasida taqdim etilgan – “LT base”, “LT 5”, “LT 7” va “Premier 7”. Narxlar - 192,8 million so‘mdan. Bu haqda “Spot.uz” xabar berdi.

“UzAuto Motors” yangi “Chevrolet Captiva” sotishni boshladi

 

 

Unda aytilishicha, avtomobil  diagonali 10,4 dyuymli sensorli ekran, 1,5 litrli turbomotorli dvigatel, avtomatik uzatmalar qutisi, yumshoq sensorli teridan ishlangan o‘rindiqlar bilan jihozlangan.

 

Xaridorlar “Chevrolet”ning vakolatli markazlarida 2022-yilgi yangi “Chevrolet Captiva” uchun shartnoma tuzishi mumkin.

 

Narxlar:

 

Boshlang‘ich “LT base” komplektatsiya: 192 775 000 so‘m;

“ LT 5” komplektatsiya 5 o‘rinli: 238 086 957 so‘m;

“ LT 7” komplektatsiya 7 o‘rinli: 244 782 609 so‘m;

“Premier 7” komplektatsiya 7 o‘rinli: 269 478 261 so‘m.

 

Narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan.

 

“Chevrolet Captiva” uchun navbat “UzAutoSavdo”  tizimida allaqachon shakllangan edi. Xususan, “Premier 7” to‘plami uchun navbat 200 donadan oshadi. Taxminiy yetkazib berish muddati 2022 yil yanvar oyining oxirida ko‘rsatilgan.” – deya taʼkidlab o‘tadi “Spot.uz”.

 

Bundan avval deputat Kusherbayev "UzAuto Motors" haqida Qozog‘iston telekanallarida namoyish qilingan lavhaga eʼtibor qaratgani, O‘zbekistonda  “LADA Vesta CW” va “LADA XRAY” rusumli avtomobillar ishlab chiqarila boshlagani hamda “UzAuto Motors” “Chevrolet Lacetti” va “Spark” ishlab chiqarishni tiklagani haqida xabar berilgandi.

 

 

Olamgir Abdiyev

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"