Yulduz Rajabovaning mahorati turk aktyori Sefa Zenginning tahsiniga sazovor bo‘ldi
Maʼlumki, o‘zbek va turk kinoijodkorlari birgalikda “Baron-2” filmida rol ijro etishgan.


Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilish marosimida turk kinoijodkorlaridan iborat delegatsiya “O‘zbekfilm” kinokonsernida bo‘lib, o‘zbekistonlik OAV vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda aktyor Sefa Zengin o‘z intervyusida:
“O‘zbekistonga birinchi marotaba kelishim va bu menga judayam yoqyapti. Xalqingiz sanʼatni juda yaxshi ko‘rar ekan. Bizning filmlarimizni ko‘rishgani shundoq yuz-ko‘zlaridan, bizga munosabatidan ko‘rinib turibdi. Biz ham sizning sanʼatingizni hurmat qilamiz. Aktrisa Yulduz Rajabovaning ijro mahorati meni maftun qiladi”, — deya boshqa aktyorlarga ham omad tiladi.
Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta‘minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg‘onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch” TM, “Easy Booking”.
Avvalroq, Prezident xalqaro kinofestival ishtirokchilarini qutlagani, Xuseyn O‘zden Alisher Navoiy haqida hujjatli film suratga olganidan xursandligi hamda Toshkent xalqaro kinofestivalining jahon kinosi kunlari dasturini eronlik rejissyor Ibrohim Muxtoriyning “Hayot varaqlari” filmi boshlab berishi haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







