Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidenti Anna Byerde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 sentyabr kuni Toshkent iqtisodiy forumi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Jahon banki vitse-prezidenti Anna Byerde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidenti Anna Byerde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

 

 

Uchrashuvda O‘zbekiston va ushbu yetakchi xalqaro moliya instituti o‘rtasidagi strategik sheriklikning ustuvor loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 

Bank delegatsiyasining joriy yil may oyida mamlakatimizga tashrifidan keyingi davrda o‘zaro hamkorlikda erishilgan amaliy natijalar mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Xususan, qo‘shma “yo‘l xarita”si qabul qilindi va bugungi kunda muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ishchi guruhlari shakllantirildi.

 

O‘rta shaharlarni rivojlantirish, elektr energetikasi tarmog‘ini modernizatsiya qilish, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish borasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun imtiyozli shartlarda qarz taqdim etish maʼqullandi.

 

 

Umuman olganda, bugungi kunda Jahon bankining 4,8 milliard dollarlik moliyaviy resurslarini jalb etgan holda amalga oshirilayotgan 26 ta loyiha hamkorlik portfelini tashkil etadi.

 

Shuningdek, kambag‘allikka qarshi kurashishning metodologik asoslarini tayyorlash, xususiy sektorning investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, davlat korxonalari islohotini davom ettirish va O‘zbekistonda quyosh energetikasini rivojlantirish bo‘yicha birgalikdagi ishlarning natijalari ko‘rib chiqildi.

 

Jahon banki tashabbusi bilan ishga tushirilgan xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik bo‘yicha “Mamlakat platformasi” o‘z samaralarini berayotgani taʼkidlandi.

 

Vitse-prezident Anna Byerde Yangi O‘zbekistondagi islohotlarning borishini yuksak baholadi, ular ortga qaytmas tus olganini qayd etdi.

 

Jahon banki mamlakatimizda turmush darajasi va sifatini yuksaltirishga qaratilgan yangilanishlarga ko‘makni kengaytirishga tayyor ekanligi taʼkidlandi.

 

Suhbat chog‘ida hamkorlikning yangi besh yillik dasturini tayyorlash va qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.

 

Bu borada kambag‘allikni qisqartirish, taʼlim va ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash, raqamlashtirish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tish, davlat korxonalari transformatsiyasini davom ettirish, hududlarda industriallashuvni tezlashtirish va infratuzilmani modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligini, shu jumladan innovatsiyalar va tomchilab sug‘orish texnologiyasini keng joriy qilish orqali jadal rivojlantirish kabi strategik yo‘nalishlar ustuvor masalalar sifatida belgilab olindi.

 

Jahon banki vakillarining mintaqada tadbirkor-ayollar muloqoti bo‘yicha yangi ko‘p tomonlama platformani shakllantirish borasidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.

 

Bo‘lajak tadbir va muloqotlar rejasi ko‘rib chiqildi, qo‘shma loyihalarni jadallashtirishning birinchi galdagi choralari kelishib olindi.

 

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro moliya korporatsiyasi boshqaruvchi direktori Maxtar Diop boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgani haqida xabar berilgandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidenti Anna Byerde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi | Zamon.uz