0

“Bir kunlik to‘y” komediyasi premyerasi bo‘lib o‘tadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Kinematografiya agentligi tomonidan “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida bugun soat 18:00 da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda “Bir kunlik to‘y” kinokomediyasining premyerasi bo‘lib o‘tadi.

“Bir kunlik to‘y” komediyasi premyerasi bo‘lib o‘tadi

 

Kinokartina agentlik buyurtmasiga binoan “Spectre” studiyasi tomonidan suratga olingan. Unda asosan qahramonlarning komik sarguzashtlarga boy hayotiy voqealari ko‘rsatiladi.

 

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissër Shohrux Rasulov, postanovkachi operator Izzatilla Lutfullayev, postanovkachi rassom Akmal Saidov, ijrochi prodyuser Davronxo‘ja Abdug‘aniyev, muharrir Furqat Usmonov.

 

Bosh rollarni ijro qiladigan aktyor va aktirisalar: Baxtiyor Turg‘unov, Xayrulla Saʼdiyev, Matyoqub Matchonov, Muxabbat Abdullayeva, Anvar Nazarov, Asal Abdullayeva, Sitora Farmonova, Shohrux Hamdamov, Muxammadjon Bobojonov, Anvar Salimov va boshqalar.

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta‘minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg‘onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch” TM, “Easy Booking”.

 

 Bundan avval “Mehr” operatsiyasiga bag‘ishlangan film premyerasi bo‘lib o‘tgani, Toshkent xalqaro kinofestivalining “Jahon kinosi kunlari” dasturini eronlik rejissyor Ibrohim Muxtoriyning “Hayot varaqlari” filmi boshlab berishi haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

“Bir kunlik to‘y” komediyasi premyerasi bo‘lib o‘tadi